Navbat Shomurodov va Ibrohimovich dueliga!

  • 15 dekabr, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Eldor Shomurodov Italiyada jahon futbolida nom qozongan futbolchilar bilan raqobatlashish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Ketma-ket ikki uchrashuvda o‘zbek futbolchisi “Fiorentina”dagi Frank Riberi va “Yuventus”dagi Krishtianu Ronalduga qarshi to‘p surdi. Endi navbat Zlatan Ibrohimovichga kelgan ko‘rinadi.

Milanliklar to‘purari bir necha haftadan beri jarohatini davolatmoqda. Bosh murabbiy Stefano Pioli shved hujumchisi 12-turda “Jenoa”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilayotganini va Zlatan jamoaga qay darajada kerakligini ma’lum qildi.

- Bizda Zlatan o‘ynamagan uchrashuvlarda umuman boshqa natijalar qayd etilmoqda. Ibrohimovich jamoamizga raqib jarima maydonchasida katta ustunlik olib bermoqda va o‘yin asosan ularning darvozasi yaqinida bo‘lyapti. U maydonga qaytish arafasida, - dedi Pioli.

“Jenoa” va “Milan” o‘rtasidagi uchrashuv 16 dekabr kuni Genuya shahrida bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!