Navbatdagi bokschimiz ham Belarusda oltin medal uchun jang qiladi

  • 9 mart, 2019, 19:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Belarusning Gomel shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan an’anaviy musobaqaning yarim final bellashuvlarida hamyurtimiz g‘alabali odimlarini davom ettirmoqdalar.

Tecno

Vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan iste’dodli bokschimiz Komiljon Yusupov moldovalik Fyodor Chakustani mazkur bosqichda 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Komiljon rossiyalik Sergey Akopianga qarshi jang o‘tkazadi.

+91 kg vazn toifasida ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorak finaldan boshlagan vakilimiz Samandar Zafarov belaruslik Danil Morozov bilan raqobatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!