
Navoiy viloyatida ham “Save Aral-2022” ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
Xabaringiz bor, so‘nggi vaqtlarda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda iqtidorli yoshlarni saralab olish maqsadida respublikamiz bo‘ylab ommaviy yugurish marafonlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, bugun Navoiy viloyatining Nurota tumanida Sportni rivojlantirish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi va bir qator tashkilotlar hamkorligida “Save Aral-2022” xalqaro marafoni hamda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi kubogi uchun ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Marafonda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 2 ming nafardan ziyod ishtirokchilar 3 km masofani bosib o‘tishdi. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
Fikrlar