
Navoiyda professional boks oqshomi tashkil etilmoqda. To‘liq juftliklar bilan tanishing!
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Markaziy jang superyarim o‘rta vazn (69,8 kg) toifasida samarqandlik Jamshid Karimov (9-0-6) hamda Bahrom Fayozov (22-20-0) o‘rtasida kechadi. Revansh maqomidagi ushbu jang 8 raundga mo‘ljallangan. Qolgan barcha janglar 4 raund etib belgilangan.
Oqshom juftliklari:
57 kg: Jamshid Avazov (Toshkent) - Azamat Jumaev (Buxoro)
59 kg: Temur Qo‘shoqov (Toshkent) - Hayotjon Masharipov (Qo‘qon)
63 kg: Rahmatilla Sharipov (Buxoro) - Baxtiyor G‘ofurov (Qorasuv)
63 kg: Zoirjon Jumanazarov (Toshkent) - Jamshid Siddiqov (Farg‘ona)
66 kg: Omadbek Abduraimov (Navoiy) - Kamron Abdulazizov (Farg‘ona)
75 kg: Login Petrov (Navoiy) - Odiljon Jo‘raboev (Farg‘ona)
86 kg: Faxriddin Salimov (Farg‘ona) - Shohruz Rahimov (Samarqand)
69 kg: Jamshid Karimov (Samarqand) - Bahrom Fayozov (Toshkent)
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar