
"Navruz Cup". Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘ynaydi
Xabaringiz bor, Srechko Katanets boshchiligidagi milliy terma jamoamiz "Navruz Cup" turnirida ishtirok etadi. Bugun yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda dastlab Tojikiston terma jamoasi Ugandaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 15:30da start oladi.
Ushbu bellashuv yakunlangach, O‘zbekiston MTJ hamda Qirg‘iziston o‘rtasidagi bahs o‘tkaziladi. Bellashuv 19:00da boshlanadi.
Fikrlar