
Nayim Qosimov OFK Elita hakamlar ro‘yxatiga kiritildi
O‘zbekistonlik FIFA hakami Nayim Qosimov OFK sohil futboli kursini muvaffaqiyatli yakunlab, OFK Elita hakamlar ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, N.Qosimov joriy yilning 16-26 mart kunlari Tailandning Pattaya shahrida sohil futboli bo‘yicha Osiyo Kubogida ettita bahsda ishlashga ulgurdi.
Ma’lumot o‘rnida: OFK Elita hakamlar ro‘yxati — bu Osiyodagi eng malakali hakamlar bo‘lib, qit’a miqyosida o‘tkaziladigan klublar va terma jamoalar o‘rtasidagi rasmiy o‘yinlarga tayinlanishadi. Ushbu hakamlar ma’lum nazorat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda ushbu ro‘yxatdan joy olishadi.
Fikrlar