
Nazorat uchrashuvi. "Neftchi" "Atirau"ni mag‘lub etdi
Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" bugun navbatdagi nazorat bahsida Qozog‘iston Premer ligasi vakili "Atirau" klubi bilan uchrashdi. Uchrashuv "yo‘lbarslar"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
7-daqiqada Bilolxon Toshmirzaevning amalga oshirgan jarima zarbasidan so‘ng, to‘p jonli devordagi futbolchiga tegib, rikoshet holatda to‘rdan joy oldi. 34-daqiqada Vladimir Yovovich boshlab bergan hujumni Zoran Marushich golga aylantirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" Turkiyada o‘tgan yili ham "Atirau" bilan uchrashib 1:1 hisobidagi durang qayd etgan edi.
Fikrlar