"Necha yildirki jamoa shuni kutyapti..." yoxud Superliganing 7-turidagi 7 ta juftlik terma jamoa ustozi nigohida

  • 20 aprel, 2023, 10:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligamizda 7-tur uchrashuvlari boshlanmoqda. 21 apreldan 24 aprelga qadar ettita juftlik vakillari o‘zaro kuch sinashadilar.

Tecno

Turnir jadvalida shunday klublar borki, ular hali g‘alaba yoki mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqdalar. Shuningdek, markaziy to‘qnashuvlar ham bor.

7-turdagi 7 ta juftlik borasida O‘zbekiston U-15 terma jamoamiz bosh murabbiyi Islom Ismoilov quyidagilarni aytdi:

21 aprel

“Surxon” – “Bunyodkor”

- Ko‘ryapmizki, “Bunyodkor” hozirda “Neftchi” bilan peshqadamlik uchun kurashayotgan jamoa hisoblanadi. Hali mag‘lubiyatga uchramadi. “Nasaf”ga qarshi oxirgi uchrashuvda ham jamoa xarakter ko‘rsatib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. “Surxon”ga keladigan bo‘lsak, u erda iqtidorli murabbiylar ishlayapti. Lekin, baribir jamoada ko‘plab o‘yinchilar yosh bo‘lganligi uchun qaerdadir mahorat etishmayapti. Bu jamoada o‘yin sifati yomon emas. “Surxon” yangitdan qurilayotgan jamoa. Lekin “Bunyodkor”ni bu uchrashuvda imkoniyati balandroq.

bunyodkor2_1

“Buxoro” – “Neftchi”

- Chempionatimizni yana bir peshqadami – “Neftchi” “Buxoro”ga qarshi bahs olib boradi. “Neftchi”ni “Turon”ga qarshi durang o‘yiniga qarab xulosa chiqarmaslik kerak. Ammo doim barqaror o‘yin ko‘rsatish qiyin kechadi. Shunga qaramasdan “Neftchi” peshqadamlikni saqlab turibdi. Ikkinchi tomoni shundaki, “Buxoro” o‘z maydonida o‘ynayapti. Yangi bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoev kelganidan beri jamoa hali g‘alaba nimaligini bilgani yo‘q. Baqoevni ham o‘ziga yarasha oldiga qo‘ygan maqsadlari bor. “Buxoro” – “Neftchi” uchrashuvida jamoalarning imkoniyatini 40\60 foiz baholayman.

22 aprel

“So‘g‘diyona” – “Qizilqum”

- “So‘g‘diyona”da ham bosh murabbiy o‘zgargan. Ivan Boshkovich ish boshladi, uni hurmat qilaman. U bilan birga “Pro” litsenziyasida birga o‘qidik. Boshkovich iqtidorli mutaxassis. “So‘g‘diyona” ham hali yangi murabbiyi qo‘li ostida g‘alaba qozongani yo‘q. “Qizilqum”ga bosh murabbiylik qilayotgan Asror aka Aliqulov bilan ham oxirgi “Pro” litsenziyasida birga tahsil olganmiz. Ammo “Qizilqum”ga barqarorlik etishmayapti. G‘alaba hozir ko‘proq “So‘g‘diyona”ga kerak. Shu bois imkoniyatlar 60\40 “So‘g‘diyona” foydasiga.

kizilkum3_2

OKMK – “Paxtakor”

- Turning markaziy uchrashuvi. Ikkita gigant klublar to‘qnash kelishadi. “Paxtakor”da o‘yindan-o‘yinga sifat oshib boryapti. Boshida ikkita turda jamoa qiyin holatga tushib qolgandi. Ammo keyin o‘zini o‘nglay oldi. Oxirgi turda “Paxtakor” “So‘g‘diyona”ga qarshi deyarli 90 daqiqa davomida bir futbolchi kam bo‘lib o‘ynab, irodali g‘alabaga erishdi. Hatto, “Paxtakor”da bir o‘yinchi kamligi bilingani ham yo‘q. OKMK “Metallurg”ga yutqazib qo‘ydi. Undan avval esa o‘z uyida “Navbahor”ni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘shanda haqiqatda o‘yin sifati bo‘yicha ham raqibini engga olgandi. Ammo Bekobodda OKMKga nimadir etishmadi, balki qizil kartochka ham ta’sir qilgandir. Fikrimcha, ushbu juftlikda 40\60 “Paxtakor”ning imkoniyati balandroq.

23 aprel

“Turon” – “Navbahor”

- “Turon”ga ham yangi bosh murabbiy keldi. “Neftchi”ga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Jamoa potentsiali borligini namoyish qila oldi. “Turon” xarakteri borligini ko‘rsata oldi. Lekin jamoaning yangi bosh murabbiyi to‘g‘risida menda hech qanaqa ma’lumot yo‘q. Chempionatimiz uchun yangi nom. Qanday uslubda o‘ynashi bizga qorong‘u. “Navbahor”ning oldiga chempionlik vazifasi qo‘yilgan. Necha yildirki, jamoa shu narsani kutyapti. Chempionlik yo‘lida Samvel Babayan shogirdlari uchun har bir o‘yin oson kechmayapti. “Andijon”ga qarshi uchrashuvda ham namanganliklar juda qiynaldi. Yaypanda ham oson bo‘ladi, deb o‘ylamayman. To‘g‘risi, bu juftlik borasida aniq fikr ayta olmayman.

navbahor yangi2_3

24 aprel

“Andijon” – “Metallurg”

- “Andijon”ning “Navbahor”ga qarshi o‘yinini oladigan bo‘lsak, jamoa yomon harakat qilmadi. Xomyakov ko‘proq himoyaga urg‘u beryapti. Shuning hisobiga jamoa hujumda ozgina qiynalyapti. Bundan tashqari, qizil kartochklar jamoaga pand berib qo‘yyapti. Kerakli futbolchilar klubni qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda. Ko‘ryapmizki, himoyada tartibli o‘yinni asta-sekin yo‘lga qo‘ya olishyapti. Endi hujumda muammo qolyapti. Agar “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda “Andijon” hujumdagi imkoniyatlarining 60 foizidan foydalana olsa ham raqibini mag‘lubiyatga uchrata oladi.

“Nasaf” – “Olimpik”

- “Nasaf”ning “Bunyodkor”ga qarshi o‘yini hissiyotlarga boy tarzda kechdi. “Nasaf” shakllangan jamoa. To‘g‘ri, bu klubda qisman qora kunlar bo‘layotgandek, lekin bular vaqtinchalik. U erda tajribali murabbiy bor. Barchasiga echim topa oladi, deb o‘ylayman. Bu bahsda “Nasaf”ning imkoniyati ko‘proq. “Olimpik” ham borgan sari shakllanmoqda, biroq hozir “Nasaf”ga ko‘proq g‘alaba zarur.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
21/04/2023 11:48
Шухратбек Жураев Сиз хам узингиз билган ва билмаган холатда Пахтакор ва ОКМК уйини хакида ушанча фикр билдирибсиз шу иккала команда четга чикганида хам ишонган судьялари билан хеч булмаса Афгонистоннинг биронта командасини ютиб келсин эди , хадеб Пахтакор, ОКМК деб мактайверманглар четдаги уйинларда иккала команда хам ноль
Кахрамонжон Сафаров
21/04/2023 11:41
Узр Пахтакор стадионига 15 та мухлис киради холос улар хам пул ишлаш учун ,Пахтакор учун эмас шу ёлгон команда билан уйнайдиган жамоани куллаш учун лекин ёлгон сценарийдаги уйинни куриш учун ким тугри тушунган булса тушунди
Кахрамонжон Сафаров
21/04/2023 11:38
Агар Пахтакор билан ОКМК чемпионатдан нарида булса хамма турнир учрашувлари аъло даражада кетар эди чунки бу икки жамоа ута узича халол с у д ь я лар билан бир жамоа булиб уйинга тушади эх ноинсофлар сенларни номардлигини халк куриб турибдику , бу икки жамоа уйинида судьялар ута ахмокона холатда колиши аник Вилоят жамоаларига хам имконият беринглар кейин Узбек Футболи ривожини курвасизлар