
"Neftchi" 29 iyulgacha qator masalalarni hal qilishi kerak
O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev "Neftchi" klubidagi qarzdorliklar masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
"Neftchi" qarzlari haqida ma’lumot bergandik. Hozirgacha klub "Paxtakor"dan qarzlarining 45 foizi hamda "Mash’al"dan qolib kelayotgan qarzning 70 foizidan qutilgan. Holat ijobiy tarafga o‘zgarmoqda. Biroq bu hali hammasi emas. 29 iyulgacha qator masalalar hal qilinishi kerak.
Afsuski, bizda biror rahbar klubni qiyin holatga solib ketyapti, keyingi rahbar esa vaqtini eski rahbariyatdan qolgan muammolarni bartaraf etishga ketkazyapti", - dedi Imomxo‘jaev.
Fikrlar