"Neftchi" 6 nafar o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazdi, ulardan 3 nafar legionerlar!

  • 31 iyul, 2022, 01:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onaning “Neftchi” klubi ham yozgi selektsiyadan foydalanib 6 nafar o‘yinchini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Bungacha Salamat Quttiboev hamda Fozil Musaevning farg‘onaliklar bilan kelishuvga erishgani xususida xabar bergandik.

Shuningdek, yana uch nafar legioner – Evgeniy Konyuxov, Andrey Mishenko hamda Oleksey Larin ham rasman “Neftchi” a’zosiga aylandilar. Qolaversa, “Sho‘rtan”dan Nodir Ne’matxonov ham “Neftchi”ga ko‘chib o‘tdi. Barcha o‘yinchilar erkin agent maqomi ostida mavsum oxiriga qadar shartnomaga imzo chekdilar. Bu borada O‘zPFL matbuot xizmati ma’lum qildi.

neftchi zayavka

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!