
"Neftchi" bugun noxush an’anasiga nuqta qo‘ya oladimi?
Xabaringiz bor, bugun Superliga 21-turi doirasi muxlislar "Vodiy derbisi"ga guvoh bo‘ladi. Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi "Istiqlol"da "Navbahor"ni qabul qiladi. Uchrashuv 15:00da start oladi.
"Yo‘lbarslar" 7 o‘yindan beri "lochinlar"ni mag‘lub qilolmayapti. Levchenko farg‘onaliklarning noxush an’anasiga chek qo‘ya oladimi?
Bundan tashqari, "Olimpik" o‘z uyida "Qizilqum" bilan bellashadi. Bu o‘yin 17:15da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar