"Neftchi" Jaloliddin Masharipov uchun kurashadi!

  • 08.12.2025 18:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligining yakunlangan mavsumida chempionlikni qo‘lga kiritgan "Neftchi" o‘z tarkibini kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan. Yangi murabbiy Islom Ismoilov boshchiligida jamoa Elit Osiyo Chempionlar ligasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Sports.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning xabar berishicha, farg‘onaliklarning asosiy transfer nishoni — O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov bo‘lib turibdi. Shuningdek, unga liganing boshqa klublaridan ham qiziqish mavjud.

Ma’lumot uchun, Masharipov ayni paytda o‘z jarohatini tuzatish bilan band. Uning "Istiqlol" bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!