
"Neftchi" klubi transfer narxi 200 million so‘mga ega bo‘lgan futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi (Foto)
Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" klubi selektsiya negizida jamoa tarkibini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda. Toshkentdagi yig‘inga murabbiylar shtabi bir qator iqtidorli ijrochilarni ko‘rikdan o‘tish uchun taklif etishgan. Jumladan, yaqinda jamoaga kelib qo‘shilgan kelajakka umid bag‘ishlayotgan, istiqboli porloq yosh futbolchi Ulug‘bek Hoshimov murabbiylar shtabida iliq taassurot uyg‘otganligi sababli, u bilan transfer narxi 200 mln. so‘mga ega bo‘lgan 2 yillik shartnoma imzolandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ulug‘bek Hoshimov 2001 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan bo‘lib, "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z vaqtida O‘zbekiston (U-17) terma jamoasi safida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan ko‘zga tashlangan goleador hujumchi bo‘lgan, - deyiladi klub tarqatgan xabarda.
Fikrlar