"Neftchi" "Nasaf" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

  • 10.11.2024 14:31
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol

Mavsumni ko‘taringki kayfiyatda o‘tkaza olmagan "Neftchi" tarkibni yanada kuchaytirish ustida ishlamoqda. Buning uchun klub ayrim transferlar ustida ish olib boryapti. 

"Sports.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, "yo‘lbarslar" Bobur Abduxoliqovni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Jamoa hujumchi bilan muzokaralarning so‘nggi bosqichida. 

Abduxoliqov mavsum boshida "Nasaf"ga qaytgandi. U "ajdarlar" tarkibida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, ikkita kubokni qo‘lga kiritdi. 

Bobur fuoliyati davomida "Energetik-BGU", "Ordabasi" va "Rux" kabi jamoalarda to‘p tepdi. 27 yoshli strayker endilikda Vodiy klubiga o‘tishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ulja Toliyev
10/11/2024 15:52
Кетгани рост бусин