
"Neftchi" navbatdagi turga tayyorgarlikni Toshkentda boshladi
Xabaringiz bor, Superliganing 3-tur bellashuvini safarda Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubiga qarshi o‘tkazib, g‘alabani qo‘lga kiritgan "Neftchi" futbolchilari navbatdagi 4-tur bahsida Olmaliqning OKMK jamoasini qabul qilishadi.
Qisqa ta’tildan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytgan jamoa a’zolari bugun Toshkent shahrida yig‘ilishdi va tayyorgarlik jarayonini boshlashdi.
FIFA kunlari munosabati bilan chempionatda yuzaga kelgan kichik tanaffus davomida jamoa vakillari poytaxtdagi tayyorgarlik doirasida o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing 4-tur "Neftchi" - OKMK bahsi Farg‘onadagi "Istiqlol" markaziy o‘yingohida 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar