
"Neftchi" "Paxtakor"ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikni Toshkentda olib boradi
Kecha Yaypan shahrining "O‘zbekiston" o‘yingohida Superliganing 1-tur bahsida "Qo‘qon-1912" jamoasini qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozongan "Neftchi" jamoasi a’zolariga murabbiylar shtabi tomonidan bir kunlik ta’til taqdim etildi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Xabaringiz bor, navbatdagi 2-tur uchrashuvini Ilhom Mo‘minjonov boshchiligidagi "Neftchi" klubi 10 mart kuni safarda Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Shu munosabat bilan bir kunlik ta’tildan qaytgan jamoa vakillari Toshkent shahrida yig‘ilishadi va keyingi o‘yinga tayyorgarlikni poytaxtda olib borishadi.
Fikrlar