"Neftchi" "Paxtakor"ga qarshi Toshkentdagi o‘yinga o‘zgacha "nastroy"da keladi!

  • 2 avgust, 2023, 19:44
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 15-turdan o‘rin egallagan markaziy bahs Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi chempion "Paxtakor" o‘z uyida Farg‘onaning "Neftchi" klubi bilan kurash olib boradi. Jamoalar o‘rtasidagi birinchi bahsda "yo‘lbarslar" 2:1 hisobida g‘alaba qozongani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagani aniq. Bir necha kundan so‘ng ushbu match uchun revansh olish imkoniyati "sherlar"da bor.

Tecno

15 15 15

SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida ushbu bahsga "Neftchi" o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rayotgani borasida post qoldirdi. Unga ko‘ra, Farg‘ona hokimi "yo‘lbarslar" bilan uchrashgan va Toshkentdagi o‘yinda ijobiiy natija kutayotgani borasidagi fikrlarini bildirgan:

"Neftchi" klubi qarorgohida Farg‘ona viloyati hokimi mehmon bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Xayrulla Bozorov Toshkentda bo‘ladigan "Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning ichki muhiti bilan qiziqqan. Shuningdek, "yo‘lbarslar"dan amaldagi chempion bilan bo‘ladigan mehmondagi o‘yinda yaxshi natija kutayotganini yashirib o‘tirmagan.

neftchi

Qisqasi, "Neftchi" Toshkentga "Paxtakor" ustidan g‘alaba qozongani tashrif buyurmoqchi. "Sherlar" esa kechagi Samarqanddagi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng "ko‘zi qongga to‘lgan" holatda. 5 avgust kuni Toshkentda "yo‘lbars" va "sher" o‘rtasidagi qahshatqich jang bizni kutib turibdi."

Ushbu o‘yinga bo‘lgan munosabat kubok bahsidagi "Paxtakor"ning kutilmagan mag‘lubiyati o‘rtadagi keskinlikni oshirib yuborgani rost. SPORTS.uzga ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati hokimi futbolchilarga Toshkentdagi g‘alaba uchun yaxshgina mukofot va’da qilgan. "Paxtakor" esa Samarqanddagi alamli mag‘lubiyat sababli Toshkentda "Neftchi"ni ikki hissa agressiv qabul qilishi turgan gap.

15-turning asosiy bahsi sanalgan o‘yin 5 avgust kuni soat 20:00 da "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Hali biror marotaba mag‘lubiyatga uchramagan "Neftchi" uchun Toshkent safari qanday yakun topadi, deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ЖУРАЕВ ХАЙРУЛЛО
03/08/2023 13:11
Нефтчи ни ашшадий мухлисларига хурмат саклаган холда, Пахтакор уйин якунида галабага эришади,бош мураббий М.Шацких учун охирги варият берилмокда
&
Dili
03/08/2023 12:33
Нефтчи олга.СУДЯЛАРГА ИНСОФ БЕРСИН.КУЧЛИГИ ЮУТСИН
Farhod Qudratov
03/08/2023 12:06
ОЛГА НЕФТЧИ
Шухрат Хусаинов
03/08/2023 12:04
Узбечка футбол булмаса бугани узбек судялари Билан
Шухрат Хусаинов
03/08/2023 11:57
Пахтакор га осилиб ул.
Xòja Botir
03/08/2023 11:21
Òzgaça nastroyda uyilaga qaytadila xudo xoxlasa
Ungboev Jamshid
03/08/2023 11:07
durang buladi uylashimcha ikki jamoga ham omad kuchlisi yutsin
Кахрамонжон Сафаров
02/08/2023 21:43
НЕ:ФТЧИ га факат ОМАД тилаб , хурматли СУДЬЯ лардан эса халолликни сураб коламиз