"Neftchi" so‘nggi 8 o‘yinda atigi bir marta yutqazdi yoxud biz bilgan "yo‘lbarslar" qaytmoqda(mi?)

  • 20 sentabr, 2022, 19:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 19-tur doirasida "Neftchi" jamoasi "Dinamo" klubi bilan kuch sinashdi. Unda "yo‘lbarslar" yirik 4:1 hisobida g‘alabani tantana qildi. 

Tecno

Ahamiyatlisi, farg‘onaliklar ketma-ket 4 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayapti. Klub oxirgi marta 15-tur doirasida "Paxtakor"ga imkoniyatni boy bergandi - 0:2. Shundan so‘ng o‘tkazilgan 4 bahsda 3 g‘alaba va 1 durang qayd etildi. 

Shuningdek, oxirgi 8 bahsda vodiy jamoasi atigi bir marta yutqazdi. U ham bo‘lsa, yuqoridagi "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda sodir bo‘lgan.

Tan olish kerak, "Neftchi" oxirgi o‘yinlari orqali Superligada qolish uchun jiddiy "bel bog‘lagani"ni ko‘rsatib qo‘ya oldi. Ammo yakunda kim quyi ligaga tushib ketishi hamon aktual mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

 

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!