"Neftchi"ning qarzdorligi ko‘p ekani qanchalik haqiqatga yaqin? Klub rasmiy munosabat bilan chiqdi!

CHERY AUTO

"Neftchi" klubi telegram kanali orqali jamoa haqida tarqalayotgan mish-mishlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Tecno

"Axborot maydonida xabarlar oqimi kuchaygani sari ishonchli va aniq manbalarni aniqlash dolzarblashmoqda. Sir emas, odamlar ba’zan yolg‘on xabarlarga ham duch keladi. Shunday vaziyatlarda “feyk” ekan, degan so‘zlar quloqqa chalinadi.

“Sariq” matbuotdagi mish-mishlar (feyk) asosan jiddiy ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni yoki moliyaviy manfaatni ko‘zlab tarqatiladigan yolg‘on xabarlardir. 

Kuni kecha "Facebook"  ijtimoiy tarmog‘ida "Neftchi" futbol klubi qarzdorligi ko‘pligi sababli jamoaning faoliyati tugatildi", degan sarlavha  ostida yolg‘on ma’lumotlarga to‘la, mish-mishlarga asoslangan post qoldirildi. Ushbu maqola orqali “Neftchi” PFK faoliyati bo‘yicha asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumot berilgan.

«Neftchi» PFK O‘zbekiston Professional futbol ligasining reglamentiga to‘liq rioya qilgan holda hozirda O‘zbekiston Professional futbol ligasining Superliga musobaqasida qatnashmoqda. Hozirgi kunda jamoa futbolchilari oldida oylik maoshlardan qarzdorligi yo‘q. Ushbu maqolada faqat yolg‘on va mish-mishlarga urg‘u berilgan bo‘lib, ma’lumotlar esa hech qanday asoslarga ega emas. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Maqolada ko‘rsatilgan gap-so‘zlar klubni faqat obro‘sizlantirish uchun qilingan bo‘lib, futbol muhlislaridan bunday asossiz maqolaga ishonch bildirmasliklarini so‘raymiz. Zero, klubning bosh maqsadi - Farg‘ona futbolini yuqori marralarga olib chiqish, avvalgi mavqeini tiklash va medallar uchun kurashishga qaratilgan.

Aniq faktlarga ega bo‘lmagan maqola yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha Sud organlariga da’vo kiritilishi haqida ma’lum qilamiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Лутфиёр Таджиматов
01/05/2023 14:35
Q..ğimi yebsanlar. Qancha futbalislar olalme yuripti. Lichna mani tuğishgan ukamnisal kam 100 mln puli turipti. Va'dani qop qop beradi bu xarom xorlar