
Nega APL klublari "Nyukasl"ni saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tishiga qarshilik qildi?
Angliya premer-ligasining 19 ta klubi "Nyukasl"ning Saudiya Arabistoni investitsiya fondi tomonidan sotib olinishiga qarshi chiqqan. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, APL klublari rahbarlari ushbu xariddan so‘ng, "Nyukasl" to‘liq Saudiya Arabistoni hukumatining boshqaruviga o‘tadi, deb hisoblamoqda. Qayd etilishicha, shu munosabat bilan favqulodda yig‘ilish chaqirilgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Saudiya Arabistoni investitsiya fondi “Nyukasl”ni 350 million evroga sotib oldi.
Fikrlar