
Nega "Barselona" Koutinodan tezroq qutulmoqchi?
2018 yil "Liverpul"dan "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan Filippe Koutinoning transfer tafsilotlaridan yana biri e’lon qilindi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga qaraganda, tomonlar o‘rtasida imzolangan kelishuvga binoan agar braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar safida 100 ta o‘yin o‘tkazsa, mersisaydliklarga yana 20 mln evro bonus to‘lanishi lozim. Hozircha Koutino “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 88 ta o‘yinda maydonga tushdi. Mavsum oxirigacha esa ushbu ko‘rsatkich 100 tadan ortib ketishi mumkin.
Moliyaviy inqiroz paytida qo‘shimcha mablag‘ to‘lashni xohlamayotgan “Barsa” rahbariyati Koutinoni tezroq sotib yubormoqchi.
Koutino joriy mavsum “Barselona” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar