Neymar, futbolni Ronaldudan o‘rgansang bo‘lmaydimi?!

  • 16 yanvar, 2024, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubibosh murabbiyi Jorje Jezush jamoasining braziliyalik yulduzi Neymarni “An-Nasr” to‘purari Krishtianu Ronaldu bilan taqqosladi.

- Neymar Ronalduning aksi ekaniga amin bo‘ldim. Krishtianuning futbolga ishtiyoqi baland. Ronaldu uchun futbol eng muhim narsa.

Neymarning qiziqishlari boshqa narsalarga qaratilgan. U  shaxsiy hayotiga bog‘liq narsalarni birinchi o‘ringa qo‘yadi, - dedi Jorje Jezush.

Braziliyalik yulduz o‘tgan yozda PSJdan “Al-Hilol”ga transfer qilingan edi. Biroq oktyabr oyida  terma jamoa safida og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi.

31 yoshli hujumchi saudiyaliklar safida atigi beshta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va uchta assist qayd etgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!