Neymar 2017 yilda nimalarni orzu qilayotganini aytdi

“Barselona” klubining braziliyalik hujumchisi Neymar aviaxalokatga uchragan “Shapokoense” jamoasi sharafiga o‘tkazilgan hayriya uchrashuvidan so‘ng, yaqinlashib kelayotgan 2017 yilda nimalarni orzu qilayotgani haqida aytib berdi.

“Huddi ikki yil avval bo‘lganidek, 2017 yilda ham barcha musobaqalarda g‘alaba qozonishni istayman”, - deydi Neymar.

Eslatib o‘tamiz, 2014/2015 yilgi mavsumda “Barselona” Ispaniya La Ligasida, Qirollik kubogida, UEFA Chempionlar ligasi hamda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!