Neymar Braziliya chempionatidagi yangi qoidaning birinchi "qurboni" bo‘ldi
Braziliya chempionatida jahon chempionati tajribasidan ilhomlanib, vaqtni cho‘zishga qarshi kurashishga qaratilgan yangi qoida joriy etildi.
Unga ko‘ra, agar futbolchiga tibbiy yordam kerak bo‘lsa, unga maydon tashqarisida ko‘mak ko‘rsatiladi. Darvozabonlar uchun esa tartib biroz boshqacha: agar kiperga yordam zarur bo‘lsa, o‘yin qayta boshlanganidan so‘ng shu jamoaning bir maydon o‘yinchisi 60 soniyaga maydonni tark etishi shart, deya xabar beradi derbyderbyderby.it sayti.
Yangi qoida amaliy jihatdan birinchi marta aynan Neymar ishtirokida sinovdan o‘tdi. U o‘z darvozaboni uchun “jazo”ni o‘ziga olgan ilk maydon o‘yinchisiga aylandi va bir daqiqaga chetda turishga majbur bo‘ldi.
Shunga qaramay, «Santos» baribir «Vasko da Gama»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Shu tariqa noodatiy vaziyat jamoa uchun omadli keldi va endi bu holat ritualga aylanish qolmasmikin, degan savol tug‘ilmoqda.

Fikrlar