
Neymar Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy tanlab berdi
Braziliya futbol konfederatsiyasi terma jamoani 2026 yilgi jahon chempionatiga munosib tarzda tayyorlay oladigan bosh murabbiy qidiryapti.
Konfederatsiya mo‘ljallayotgan nomzodlar orasida portugaliyalik Jorje Jozush favorit hisoblanadi. Biroq Braziliya terma jamoasi etakchisi va eng zo‘r to‘purari Neymar bu mutaxassisning boshqaruviga qarshi chiqmoqda.
Gap shundaki, Jorje Jezush “Al-Hilol” bosh murabbiyi hisoblanadi va Neymarning jamoadan ketishida uning hissasi katta. Bu mutaxassis yangi yildan keyin jarohatidan qutilgan Neymarni chempionat qaydnomasiga kiritishdan bosh tortdi.
Buning natijasida 33 yoshli to‘purar Sauliya Arabistonini tark etib, yanvar oyida “Santos”ga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.
Shu bois, Neymarning Jorje Jezush bilan munosabati buzilgan. Neymar terma jamoani “Real” ustozi Karlo Anchelotti boshqarishi istayapti va rahbariyatdan italiyalik mutaxassisni taklif qilishni so‘ragan.
Fikrlar