Neymar: Buning uchun jonimni berishga ham tayyorman!

  • 7 may, 2022, 15:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozonishi uchun jonini berishga tayyorligini aytdi.

Tecno

"Bu mavsumda Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni juda xohlagan edim, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadik. Endi mening maqsadim - Jahon chempionatida g‘alaba qozonish. Bunga jismonan va ruhan tayyorlanyapman. G‘alaba uchun jonimni berishga tayyorman”, - dedi Neymar Goal nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi JCh-2022da Serbiya, Shveytsariya va Kamerun terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi.

30 yoshli Neymar 2010 yildan beri Braziliya terma jamoasida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida terma jamoa safida jami 117 ta o‘yin o‘tkazib, 71 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!