Neymar Frantsiya chempionati rekordini yangilamoqchi

  • 26.08.2022 17:38
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte shogirdi Neymarning mavsum boshidagi o‘yini haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, braziliyalik yangi mavsumdagi dastlabki to‘rtta o‘yinda 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Neymar mavsumni ajoyib boshladi. Men di Mariya Liga 1ning bir mavsumida eng ko‘p golli uzatma berish bo‘yicha rekordchi ekanligini bilaman. Neymar 18 ta golli uzatma amalga oshirib, bu rekordni yangilamoqchimi? Bilmayman”, - dedi Galte.

Eslatib o‘tamiz, Neymar shu yozda PSJni tark etishi bilan bog‘liq mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq, 30 yoshli braziliyalik jamoada qolib, faoliyatidagi eng yaxshi mavsum startlaridan birini o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!