Neymar Pele bo‘lolmaydi, chunki...

  • 16.10.2020 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik mashhur futbolchi Mate Valbuena PSJ hujumchisi Neymar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Braziliya fantastik darajadagi o‘yinchilarni, afsonalarni tarbiyalab bergan. Lekin Neymarga katta-katta sovrinlar etishmayapti. U Pele va Ronaldo darajasidan ancha uzoqda, - deydi Valbuena.  

Neymar Braziliya terma jamoasi tarkibidagi gollari sonini 64 taga etkazib oldi. Braziliyaning eng zo‘r to‘purari Pele hisobida 77 ta gol bor. Neymar futbol qirolining rekordini urishga yaqin turgani uchun uni Pele bilan tenglashtira boshlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!