Neymar "Real" futbolchilari zo‘rligini tan oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
"Barselona" hujumchisi Neymar o‘z jamoasining ashaddiy raqibi - "Real" safida kuchli futbolchilar to‘p surishini va ular hurmatga loyiqligini tan oldi.
 
- Men "Real"dan "Barselona"ga Marseluni olgan bo‘lardim, - dedi Neymar. - Chunki u mening do‘stim. Aslida men boshqalardan zo‘rman deyishni yoqtirmayman, lekin Messi va Suares bilan birga ko‘p ishni uddalayapmiz. Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi marotaba "Oltin to‘p"ni oldi, Garet Beyl zo‘r o‘ynayapti, Karim Benzemani men superyulduz deb tan olaman. Ular hurmatga loyiq futbolchilar.
 
"Barselona" Ispaniya chempionatida "Real"dan olti ochkoga ortda qolmoqda.
 
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!