Neymar yaxshi o‘ynashi uchun xulqini to‘g‘rilashi kerakmi? (Uning muxlislariga bu maqolani o‘qish tavsiya qilinmaydi)

  • 25 aprel, 2020, 12:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymar shubhasiz so‘nggi yillardagi eng zo‘r braziliyalik futbolchilardan biri hisoblanadi. Ammo, uning oxirgi paytlarda ko‘rsatayotgan o‘yinlari pastlab ketdi. Buni PSJda ham, Braziliya terma jamoasida ham ko‘rish mumkin.

Futbolchining bu holatga tushib qolishini hamma turlicha baholaydi, ayrimlar buni jarohatlar bilan bog‘lasa, boshqalar uning maydondan tashqaridagi hayoti, xulq-atvori yaxshi emasligidan deb hisoblaydi. Keling, bu borada uni yaqindan bilgan insonlarning ayrim fikrlari bilan tanishib chiqamiz.

ney

“Lion” klubi himoyachisi Rafael:

Braziliyaga Neymar kerak, bu haqiqat. Lekin u maydondandan tashqarida ham o‘zining ko‘p jihatlarini yaxshilashi lozim. Bu futbolchi uchun muhim. U o‘yinga kirishi va bor imkoniyatlarini ishga solishi uchun maydondan tashqaridagi hayotini o‘zgartirishi kerak. U buni uddalaydi degan umiddaman. Shundagina bizda jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ladi.

Neymar - etakchi emas. Agar u diqqatini jamlay olsa, u holda dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lishi mumkin.

Men u bilan o‘ynaganman va bilaman, u aslida o‘ziga gapirilayotgan gaplarga quloq solmaydi. Men haqiqatni gapiraman, lekin ba’zan odamlar buni tinglashni xohlashmaydi. Ular faqat o‘zlari haqida yaxshi gaplar eshitishni xohlashadi, ammo hayotda bunday bo‘lmaydi. Menimcha u gaplarga quloq solishi va xulosa qilishi kerak. Agar u bularni qilsa, Braziliyani to‘xtatib qolish juda qiyin bo‘ladi”.

11

Rafaelning bu so‘zlaridan so‘ng, 2019 yilgi Amerika kubogi ko‘pchilik muxlislarning yodiga tushgan bo‘lsa ajab emas. Boisi, ushbu musobaqa arafasida Neymarning atrofida juda xunuk xabarlar tarqala boshladi.

15 may kuni Neymar jamoadoshi Markinosning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun Braziliyadan ma’shuqasini Parijga chaqiradi. Tug‘ilgan kundan so‘ng ular Sofitel Paris mehmonxonasida birga qolishadi. Qattiq mast bo‘lgan Neymar qizning xohishiga qarshi chiqib uni zo‘rlaydi. Shundan so‘ng u Braziliyaga qaytadi va 17 may kuni San-Paulu shahri politsiyasiga bo‘lgan voqeani gapirib beradi.

Natijada, mojarolar girdobiga tushib qolgan Neymardan Braziliya terma jamoasining sardorlik bog‘ichi olib qo‘yiladi. So‘ngra, uning o‘zi jarohatini “bahona” qilib musobaqani o‘tkazib yuboradi.

Bundan tashqari, u shu yili Frantsiya kubogi finalida stadionga kelgan muxlislardan biriga qo‘l ko‘targan edi. Bu ham juda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

real_3

Afsuski, Neymarning ota-onasi ham xulq-atvor buzuqligida o‘g‘lidan o‘tsa o‘tadiki, lekin aslo qolishmaydi. Aniqrog‘i, futbolchining onasi Nadin Gonsales 22 yoshli kibersportchi Tyago Ramos bilan ishqiy munosabatlarda ekanini ko‘pchilik bilmasa kerak.

"Tushuntirib bo‘lmaydigan narsalarni tushuntirish imkonsiz", - deb izoh qoldirgan Neymarning onasi 22 yoshli sevgilisi bilan tushgan suratiga.

Uning o‘yin darajasi ham tobora pastlab borayotgani hammaga oydek ravshan. Balki, bunga jarohatlar sabab bo‘layotgandir, balki chindan ham uning xulq-atvori o‘yiniga ta’sir o‘tkazayotgandir.

PSJ klubining sobiq murabbiyi Jan-Mishel Larke parijliklarning asosiy hujumchilarini o‘zaro taqqosladi va Kilian Mbappeni Neymardan ustun qo‘ydi.

“Neymar muxlislarga ko‘proq emotsiya beradi, ammo men Kilianni tanlayman. Mbappe o‘ziga maftun bo‘lib, teskari harakat qilishi mumkin, ammo men o‘z jamoamga ikkita Neymardan ko‘ra, bitta Mbappeni tanlagan bo‘lardim” - dedi Larke "Goal"ga bergan intervyusida.

nn_1

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite esa Neymar almashtirib bo‘lmas futbolchi emasligini aytgan.

Neymar o‘yinga jozibadorlik qo‘shadi. U boshqa o‘yinchilar xayoliga ham keltirmaydigan qarorlar qabul qiladi. U bilan terma jamoaning imkoniyatlari umuman boshqa, u maydonda porlaydi. Biz o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynaydigan Neymar haqida gapiryapmiz. U muhim, ammo, almashtirib bo‘lmas o‘yinchi emas”, - deydi Tite.

n

Ehtimol bu maqola Neymarning muxlislarini ranjitgan bo‘lishi mumkin. Ammo, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilish o‘zingizdan. Futbolchi nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham barchaga o‘rnak bo‘lsagina u tarixda qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!