Ngannu MMA ga qaytadi, lekin...

  • 07.03.2024 12:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni va hozirgi PFL jangchisi Frensis Ngannu kelajakdagi faoliyati haqida gapirdi. Jumladan, Frensis MMA da hali ham ishtirok etishni rejalashtirayotganini, biroq boksni tark etmasligini aytdi.

"Men, albatta, hali ham MMA da qatnashaman, lekin boksdan ketmayman. Unutmang, men boksdan boshlaganman va MMA haqida avval hech o‘ylamaganman. Hatto MMA bo‘yicha jahon chempioni bo‘lish imkoniyati paydo bo‘lganda ham”, — dedi jangchi Ar-Riyoddagi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 8 mart kuni Ngannu(0-1) super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua(27-3, 24 KO) bilan jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!