
N'Golo Kante qancha muddatga safdan chiqdi?
"Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante APL 26-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda jarohat olib maydonni vaqtli tark etishga majbur bo‘lgan edi.
Frantsuz nashrlari xabariga ko‘ra, futbolchi jarohat bois 2-3 xafta mobaynida jamoasiga yordam bera olmaydi. Shu tariqa 28 yoshli futbolchi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida "Bavariya"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 25 fevral kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar