
Ngumoa 16 yoshida g‘alaba golini kiritgan APLdagi ikkinchi futbolchi bo‘ldi
Rio Ngumoa 16 yoshida APLda g‘alaba golini urgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi.
"Liverpul" vingeri Angliya premer-ligasining 2-tur o‘yinida "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvning 100-daqiqasida gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi (3:2). U bu ishni 16 yosh 361 kunligida amalga oshirdi.
Rekord Ueyn Runiga tegishli bo‘lib, u "Everton" safida 16 yosh 360 kunligida Premer-ligadagi ilk g‘alaba golini urgan edi.
Ngumoa 2024 yilning yozida "Chelsi"dan "Liverpul"ga o‘tgan edi. "Nyukasl" bilan o‘yin uning kattalar darajasidagi ikkinchi uchrashuviga aylandi.
Fikrlar