Niderlandiyalik to‘purar A Seriyaga kelmoqda

  • 9 iyun, 2020, 14:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yozda "Lion" hujumchisi Memfis Depayni sotib olishga urinib ko‘rmoqchi.

Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "rossonerilar" yaqin vaqtlar ichida frantsuz klubi mutasaddilari bilan muzokaralarni boshlash niyatida.

Depayning "Lion" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi. Tomonlar kelishuvni uzaytirish masalasida bir qarorga kela olishmayapti. Ushbu vaziyatdan foydalangan holda "Milan" 26 yoshli to‘purar futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi.

Joriy mavsumda Depay "Lion" libosida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq, "Milan" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardni sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!