
Nigeriya terma jamoasi Jazoir darvozasiga kiritilgan har bir gol uchun 75 ming dollar mukofot puli oladi
Nigeriya terma jamoasi Afrika Millatlar kubogida qayd etadigan natijalari uchun qo‘shimcha mukofotlanadigan bo‘ldi.
Unga ko‘ra Afrikaning eng boy odami hisoblangan Aliko Dangote musobaqaning yarim finalida urilgan har bir gol uchun Nigeriya terma jamoasiga 50 ming dollar mukofot va’da qilmoqda.
Bundan tashqari, “qora qit’a”ning yana bir boy insoni Femi Otedola har bir gol uchun 25 ming dollar berishini aytgan,
Ma’lumot uchun, ayni damda Dangotening umumiy boyligi 10 mlrd, Otedolaniki esa 1,8 mlrd dollarga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Nigeriya terma jamoasi yarim finalda Jazoirga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar