Nigora Tursunqulovaning qiyofadoshlari haqida bilasizmi?
Insonning ko‘plab qiyofadoshlari bo‘ladi, deyishadi. Buni o‘zimiz misolimizda aytadigan bo‘lsak, hayotda ba’zi paytlar falonchi senga juda ham o‘xsharkan, degan gapni har birimiz eshitganmiz. E’tiboringizga mashhur sportchimiz Nigora Tursunqulovaning ikki qiyofadoshi haqida kichik maqolani havola qilamiz.

Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati sovrindori, Olimpiada ishtirokchisi bo‘lgan sportchimiz ayna paytga kelib ko‘plab sport jurnalistlari va sport auditoriyasi orasida ham mashhur bo‘lmoqda. Buning qarangki, biz uchratgan uning ikki qiyofadoshi Indoneziyadan bo‘lib chiqdi. Keling, ular haqida sizlarga ma’lumot beramiz.
1. Chelsi Islan

Chelsi Islan indoneziyalik taniqli aktrisa. Ayni vaqtda AQShda istiqomat qiladi. Uning yuz tuzilishi Tursunqulovanikiga juda ham o‘xshash. Sportchimiz va uni tashqi ko‘rinishda hollar biroz farqlab turadi. Agar Chelsi Islanni tepa lab sohasida hol qo‘yib tasavvur qilsangiz, Nigoraning o‘zginasi bo‘ladi.
2. Nikita Mirzani

Bu qiyofadosh ham aktrisa. Shuningdek, Mirzani modellik bilan shug‘ullanadi. Qarangki, bularning o‘xshashligi narigi juftlikka qaraganda ancha yaxshiroq, shunday emasmi? Hatto hollarining joylashuvi ham o‘zlari kabi o‘xshash.
Agar sizga sportchilarimizning qiyofadoshlari haqidagi mavzu manzur bo‘lgan bo‘lsa, imkon qadar sizlar uchun bu yo‘nalishda ham izlanishda davom etamiz. Fikringizni yozib qoldirishni unutmang.

Fikrlar