Nihoyat, "Barselona" ham Superliga masalasida bayonot berdi

  • 22 aprel, 2021, 22:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” ba’zi klublarning rad javobiga qaramay, Superliga loyihasidan chekinmagani haqida bayonot berdi.

Tecno

Klub rahbariyati bunday imkoniyatdan voz kechish tarixiy xato bo‘lishini ta’kidlamoqda. Shunga qaramay, kataloniyaliklar vaziyatni har tomonlama o‘rganib, yakuniy javobni berish niyatida ekanliklari ma’lum qilgan.

"Barcelona" muxlislarning Superligaga bo‘lgan munosabatini chuqur tahlil qilishni zarur, deb hisoblaydi.

Superliga 19 aprel kuni kechqurun tashkil qilingan edi, ammo ikki kundan so‘ng, ta’sischi klublar uni ommaviy ravishda tark etishni boshladi. Hozirda ushbu loyihadan chiqishni istamagan 3 ta klub qoldi. Bular "Real", "Barselona" va "Yuventus".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!