
"Nijniy Novgorod" legionerimizni RPLda ro‘yxatdan o‘tkazdi
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi hujumchisi Ruslan Jiyanov Rossiyaning "Nijniy Novgorod" klubiga ko‘chib o‘tgani haqida xabar bergandik.
Novgorodliklar legionerimizni va nihoyat Rossiya Premer ligasi uchun qaydnomaga kiritdi. Vakilimiz yangi klubining chempionatdagi dastlabki ikki uchrashuvida maydonga tusha olmadi. Biroq endi u "Nijniy Novgorod"ga yordam berishi mumkin.
Ma’lumot uchun, jamoa ayni paytda 1 ochko bilan turnir jadvalining 13-pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar