Nik Voltemade kelajakda Evropaning grand klubida harakat qilishni orzu qiladi
"Nyukasl" hujumchisi Nik Voltemade kelajakda qaerda kuchini sinab ko‘rmoqchiligini aniq biladi. "Bild" nashrining xabar berishicha, 23 yoshli nemis futbolchisi bir kuni "Bavariya" safida to‘p surishni orzu qiladi.
Myunxen klubi o‘tgan yozda Voltemadeni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlagan, ammo "Shtutgart" taklif etilgan shartlardan qoniqmagan. Shundan so‘ng "Nyukasl" futbolchi uchun ancha yuqori taklif berib, transferni amalga oshirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Voltemade "Bavariya"ga o‘tishni juda istagan, biroq natijada "Nyukasl"ga o‘tgan. Hujumchi hali ham bir kuni myunxenliklar safini to‘ldirishga ishonadi, ammo bu yaqin yillarda yuz berishi kutilmayapti.
Nikning "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar