
Niko Uilms: "Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi"
Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyams yozgi transferlar oynasida "Barselona"ga o‘tmagani haqida gapirdi.
"Bunday katta klub qiziqish bildirayotgani yoqimli. Lekin men ancha oldin Bilbaoda o‘ynashga qaror qilgandim. Jamoamga foyda keltirishni juda xohlayman. Mening yuragim shu jamoaga tegishli, shu erda o‘ynashni xohlayman. Ammo kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Sport.es.
Uilyamsning "qizil-oqlar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning narxi 70 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar