
Nima uchun Fyuri revansh jangida Usikni mag‘lub etadi?
Yarim engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Nasim Hamed britaniyalik bokschi Tayson Fyuri revansh jangida ukrainalik Aleksandr Usikni mag‘lub etishi mumkinligi aytdi.
“Fyuri va Usik – yaxshi jang bo‘ladi. Men Taysonni g‘alabasini istayman... Balki, g‘alati eshitilar, ammo uning sportda erishgan barcha yutuqlarini kamaytira olmaysiz? Faqat oxirgi jangiga qarab, Fyurini baholash xato. Ha, tan olish kerak, o‘sha bahsning to‘qqizinchi raundida u nokdaunga tushib qoldi. Lekin u oyoqqa turdi va 12 raundgacha bora oldi. O‘shanda xash men Taysonning Usikka kuchli zarbalar berganini ko‘rdim. Shunga tayanib, Fyuri revansh jangida g‘alaba qozonishi mumkin, deb o‘ylayapman”, – dedi Hamed iFL TV ning You Tube kanalida.
Ma’lumot uchun, Fyuri(34-1-1, 24 KO) va Usik(22-0, 14 KO) 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida to‘qnash kelishadi.
Fikrlar