Nkunku faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
"Milan" futbolchisi Kristofer Nkunku Turkiyaga yo‘l olishi mumkin. Unga "Fenerbahche" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Turkiyadagi manbalarga ko‘ra, Istanbul klubi 25 million evrolik taklif bilan chiqdi, lekin milanliklar buni rad etdi. Tez orada ikkinchi, 30 million evrolik taklif yuborilishi kutilmoqda.
"Fenerbahche" ayni paytda Nkunkuning o‘zi bilan ham kelishishga harakat kilyapti. 28 yoshli futbolchini jamoada bosh murabbiy Domeniko Tedesko ko‘rishni istamoqda.

Italiyalik mutaxassis "Leyptsig"da Kristofer bilan birga ishlagan. Hujumkor yarim himoyachi uning qo‘l ostida 38 ta o‘yinda 27 ta gol urib, 14 ta assist amalga oshirgandi.



Fikrlar