Nodirbek Abdusattorov "London Chess Classic 2025" turnirini mag‘lubiyatsiz yakunladi!
Xabaringiz bor, shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov "London Chess Classic 2025" musobaqasida so‘nggi turdan avval chempionlikni rasmiylashtirgan edi. Bugun esa vakilimiz Pavel Eljanov bilan durang o‘ynab, turnirni mag‘lubiyatsiz yakunladi.
Pavel Elyanov — ukrainalik grossmeyster bo‘lib, Magnus Karlsen, Boris Gelfand va Mariya Muzyuchuk kabi shaxmatning ko‘plab yulduzlariga sekundant sifatida ishlagan.
1999 yilda, shaxmat faoliyatining boshida 16 yoshgacha bo‘lgan yoshlar Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Elyanov ko‘plab kuchli turnirlarning g‘olibi bo‘lgan:
— 2013 yil Poykovskiy turniri (Yan Nepomnyashiy, Ernesto Inarkiev, Dmitriy Yakovenko va boshqalarni ortda qoldirgan),
— 2013 yil Reykyavik-open (Uesli So va Bassim Aminni qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldirgan).

Fikrlar