Nodirjon Mirzahmedov: Osiyo chempionati bokschilarimiz uchun omadli keldi

  • 30 aprel, 2019, 16:05
  • 2
  • Boks
TIGGO 2 PRO

"Osiyo chempionati terma jamoamiz a’zolari uchun omadli keldi. Musobaqa davomida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldik. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik. Ushbu muvaffaqiyatimizning zamirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan yaratib berilgan sharoitlar turibdi.

Shuningdek, barcha murabbiylarimizga rahmat. Fursatdan foydalanib, musobaqa davomida bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", - deb Nodirjon Mirzahmedovning so‘zlarini keltirib o‘tdi O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
махмуда Джураева
30/04/2019 18:44
Исроилчи! Негадир уни унутиб ккяяпсиз?
махмуда Джураева
30/04/2019 18:44
Исроилчи! Негадир уни унутиб ккяяпсиз?