
No‘’mon Hasanov: Muxlislarimiz bu yil boshqacha "Navbahor"ni, kuchliroq jamoani ko‘rishadi
O‘zPFL binosida Coca Cola Superligasi yangi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda jurnalistlarga kichik intervyu bergan "Navbahor" ustozi No‘’mon Hasanov qo‘yidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
" Tarkibimizni o‘zim tanladim, o‘zim futbolchilarni chaqirdim. O‘tgan yilgi futbolchilardan ko‘pi safimizda qoldi. Muxlislarimiz bu yil boshqacha "Navbahor"ni, kuchliroq jamoani ko‘rishadi. Aziz Turg‘unboevning ketishi katta yo‘qotish. Uni juda hurmat qilaman, birga ishlaganimizdan xursandman. Uning o‘z ustida ishlashini ko‘rdim. Unga omad tilayman, chiroyli o‘yinlari bilan muxlislarni xursand qilsin.
Muxlislarga tilagim bizni qo‘llab-quvvatlashsin, bitta oila bo‘laylik. O‘yin payti har xil vaziyat bo‘ladi. Qo‘limizdan kelgancha, birinchi o‘yinda muxlislarni xursand qilish niyatidamiz. VAR hamma o‘yinlarda qo‘llanilsa yaxshi bo‘lardi."
Fikrlar