
Nomuayyan muddatga chetlatilgan Viktor Serazitdinov hakamlikka qaytdi
O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yganligi hamda ushbu xatolar o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazganligi sababli faoliyati qoniqarsiz deb baholangan va hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatilgan Viktor Serazitdinov yana hakamlikka qaytdi.
O‘zPFL rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Viktor Serazitdinov Birinchi liga 3-turidan o‘rin olgan "Neftgazmontaj" - "Zomin" uchrashuvini boshqaradi.
Birinchi liga. 3-tur
12 may, chorshanba
NEFTGAZMONTAJ – ZOMIN
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Maksim Nexochin, Bobur Ibragimov
Nazoratchi: Shuhrat Bozorov
Komissar: Vladimir Nazarov
Fikrlar