
Novak Jokovich "Masters" musobaqalarida 50 marotaba finalga chiqdi
Novak Jokovich ushbu g‘alabadan so‘ng faoliyati davomida "ATP Masters 1000" musobaqalarida 50 marta finalga chiqib, ularning 34 tasida g‘olib bo‘ldi.
Jahonning birinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovich Parij shahrida yakunlangan "Rolex Paris Masters"ning bosh sovrinini qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor.
Serbiyalik tennischi professional tennischilik faoliyatida "Indian Wells" (5), "Miami" (6),"Monte-Carlo" (2), "Madrid" (3), "Rome" (4), "Canada" (4), "Cincinnati" (1), "Shanghai" (4) va "Paris" (6) "Masters" turnirlarida g‘alaba qozongan.
Fikrlar