Noyer chempionlar ligasida Kanning natijasiga yetib oldi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer germaniyalik sobiq kiper Oliver Kan bilan birga bir pog‘onada turadigan bo‘ldi.
"Olimpiakos"ga (3:2) qarshi o‘yinda Noyer bavariyaliklar tarkibida evroturnirlardagi 103 o‘yinini o‘tkazdi. Bu natija bilan u Oliver Kanga tenglashib oldi.
Kan chempionlar ligasidagi barcha o‘yinlarini "Bavariya" libosida o‘tkazgan. Noyer esa "Shalke" tarkibida ham evrokuboklarda maydonga tushgan va 22 o‘yin o‘tkazgan.
Nemis futbolchilari ichida yaqqol rekordchi "Bavariya" va "Shtutgart" sobiq futbolchisi Filipp Lam hisoblanadi. Uning hisobida 112 o‘yin bor. Ikkinchi o‘rinni esa Tomas Myuller (107 matchey) egallagan. Kan va Noyer esa endi uchinchi o‘rinni bo‘lib olishdi.

Fikrlar