Noyer mavsumdan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi
Manuél Noyer o‘zining ehtimoliy karʼyerasi yakunlanishi haqida gapirar ekan, hozircha aniq qaror qabul qilmaganini taʼkidladi.
"Kelasi yozda karʼyeramni yakunlashim mumkinmi? Hozircha hammasini o‘z oqimiga qo‘yyapman. Avval mavsumni o‘tkazaman, eng yuqori maqsadlar uchun kurashaman, keyin esa nima bo‘lishini ko‘ramiz", — deya Noyerning so‘zlarini Goal.com keltiradi.
40 yoshli darvozabonning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Shu bois, Noyer joriy mavsum yakunidayoq karʼyerasini davom ettirish yoki yakunlash masalasida qaror qabul qilishi mumkin.
2025/26 yildagi mavsumda nemis darvozaboni "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalar doirasida 37 ta o‘yin o‘tkazdi, 40 ta gol o‘tkazib yubordi va 10 ta o‘yinni darvozasini daxlsiz saqlagan holda yakunladi.

Fikrlar