Nurmagomedov bahorda UFC kamari uchun ringga chiqishi mumkin
Rossiyalik aralash jang san’atlari ustasi Xabib Nurmagomedov braziliyalik Edson Barbozaga qarshi jangda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, navbatdagi to‘qnashuvda engil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempioni amerikalik Toni Fergyuson bilan kuch sinashishiga va’da berdi.
– Bu (Barbozaga qarshi jang) da’vogarlik jangi. UFCdagilar menga bu jangi yutsang, mart yoki aprelda Toni Fergyuson bilan kamar uchun ringga chiqishimni aytishdi, – deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi TASS nashri.
Nurmagomedov – Barboza qarama-qarshiligi 30 dekabr kuni Las-Vegasda (Nevada shtati, AQSh) bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar